Atigi bitta gol urgan Ronaldu La Ligada to‘purar bo‘lishi uchun yordam so‘radi

Sport 22:10 / 07.11.2017 19280

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlaridan o‘ziga Ispaniya chempionati to‘purari bo‘lishda yordam so‘radi.

Onda Cero radiosida aytilishicha, portugaliyalik futbolchi mavsum yakuniga qadar Lionel Messini quvib o‘tishni maqsad qilgan.

Ronaldu to‘purarlik uchun olinadigan mukofot pullarni xayriya uchun yo‘naltirishga va'da qilgan. 

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi mavsum startida 5 o‘yinni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborgandi. U keyin 7 o‘yinda atigi 1 gol urdi. Hozirda eng yaxshi to‘purar bo‘lib turgan Messi esa 11 o‘yinda 12 gol urib ulgurgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Ronaldu «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinda o‘zi uzatgan pasdan keyin gol urgan Isko golni o‘zining oldiga kelib nishonlamagani uchun norozi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: