Smartfonlar portlashining asosiy sababi aniqlandi

Fan-texnika 21:55 / 27.10.2017 17572

Stenford universiteti (AQSh) fiziklari zamonaviy smartfonlar, planshetlar va leptoplarning aksariyatiga o‘rnatilgan litiy-ion batareyalarining portlash sababini izohlashdi. Engadget shu haqida xabar berdi. 

Mutaxassislar krioelektron mikroskopiyadan (2017 yil kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti shu uchun topshiriladi) foydalanib, birinchi marta dendritlar - akkumulyatorlar ekspluatatsiyasida paydo bo‘ladigan maxsus kengaytirilgan tuzilmalarning batafsil tasviriga ega bo‘lishdi.

Olingan suratlarda litiy dendritlar olti burchakli kristallsimon tuzilmalardan iborat. Olimlar bundan avval oddiy elektron mikrosokopiya usullaridan foydalanib, dendritlar o‘zgaruvchan shaklga ega deya taxmin qilishgandi. 

Mutaxassislarning fikricha, litiy-ion batareyalarining portlashlari aynan elektro-kimyoviy hujayralarning ichida qisqa tutashuv keltirib chiqaruvchi dendritlarning o‘sishi bilan bog‘liq. Fiziklar kelgusida dendritlarning o‘sish dinamikasini nazorat qilishni o‘rganishni rejalashtirishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: