Kseniya Sobchak Qrimni Ukrainaga tegishli deb atadi

Jahon 18:50 / 24.10.2017 26661

RF prezidenti saylovlarida qatnashish rejasi haqida e'lon qilgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiyaning Qrimga nisbatan xatti-harakatlarini noqonuniy deb hisoblaydi. Bu haqida u 24 oktabr kuni o‘zining matbuot anjumanida ma'lum qildi. Sobchakning chiqishi «Otkrytaya Rossiya»ning YouTube-kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatildi. 

"Xalqaro huquq nuqtai nazaridan olib qaraganda, Qrim — Ukrainaga tegishli... Biz o‘z so‘zimizda turmadik va 1994 yilgi Budapesht memorandumini buzdik. Biz va'da berdik va unga vafo qilmadik", - dedi Sobchak.

U mazkur vaziyat bundan keyin ham muhokamalar va murosalar talab qilishini qayd etdi. 

24 oktabr kuni teleboshlovchi Kseniya Sobchakning saylov oldi shtabiga siyosatshunos, NTV hammuassisi Igor Malashenko rahbarlik qilishi ma'lum qilindi. 

Kseniya Sobchak davlat rahbari lavozimi uchun kurashish niyati haqida 18 oktabr kuni e'lon qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: