AP: Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti

Jahon 14:08 / 26.04.2024 9527

Ukraina AQShdan o‘ziga berilgan Abrams M1A1 tanklarini front old chizig‘idan ko‘chirdi, chunki Rossiya dronlari ularga aniqlanmasdan turib ishlashga imkon bermayapti. Bu haqda 26 aprel, juma kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari admiral Kristofer Greyd hamda AQShning ismi oshkor etilmagan ikki nafar harbiy amaldoriga tayanib, AP agentligi xabar berdi

«Har biri 10 million dollar turadigan bu tanklar Ukrainaning Rossiya frontini yorib o‘tish qobiliyati uchun muhim ahamiyatga ega, degan fikrni ilgari surgan Kiyevning agressiv kampaniyasi fonida Qo‘shma Shtatlar 2023 yil yanvarida Ukrainaga 31 ta Abrams tankini yuborishga rozi bo‘lgandi», deb eslatadi agentlik. 

Biroq, o‘shandan beri jang maydonidagi vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Xususan, Rossiya razvedkachi uchuvchisiz uchoqlar va bortida portlovchi moddalar bo‘lgan «qotil dron»lardan foydalanishi sababli Ukraina uchun tanklarni Rossiya Qurolli kuchlari hujumlaridan himoya qilish qiyinlashdi, dedi agentlik suhbatdoshlari. AP xabariga ko‘ra, AQSh tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga taqdim etilgan 31 ta Abrams tankidan shu kungacha 5 tasi yo‘q qilingan. 

Ukraina taktikani o‘zgartirishga tayyorlanmoqda 

Admiral Greyd AP bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar hozir Ukraina bilan taktikani o‘zgartirishni muhokama qilayotganini ta’kidladi. «Agar janglar qanday rivojlangani haqida o‘ylab ko‘rsangiz, uchuvchisiz uchish apparatlarining keng tarqalishi sharoitida katta zirhli texnikalar tahdid ostida bo‘lishi mumkin», dedi yuqori martabali harbiy ofitser. 

Ukraina Qurolli kuchlari Amerika tanklarini front chizig‘idan olib chiqib ketgani haqidagi e’lon Kiyevning jang maydoniga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash maqsadida har oyda bir marta yig‘iladigan 50 ga yaqin davlatdan iborat Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi tashkil etilganining ikki yilligi arafasida chiqarildi. 

Ko‘proq yangiliklar: