A Seriyada 9-tur. «Milan»ning navbatdagi qoqilishi va boshqa o‘yinlar

Sport 15:40 / 23.10.2017 3992

A Seriya 9-turining markaziy o‘yini Neapolda, «Napoli» va «Inter» o‘rtasida o‘tkazildi.

Har ikkala jamoa ham bu turgacha biror marta mag‘lubiyatga uchramagan edi. O‘yin murosasiz va keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Maydon egalari biroz tashabbusga ega bo‘lishdi.

Mezbonlar hujumchisi Dris Mertens o‘yinda kamida ikkita juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq, «Inter» darvozaboni Handanovich og‘ir vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

0:0 hisobi ko‘proq mehmonlarni qoniqtirgani aniq. Bosh murabbiy Luchano Spalletti uchrashuvdan so‘ng, natijadan mamnunligini yashirmadi.

«Omadimiz keldi demang, biz ham yutib ketishimiz mumkin edi. Ba'zi hollarda «Napoli» xuddi soatiga 1000 mil tezlikda hujum uyushtirgandek tuyuldi. Xuddi o‘zga sayyoraliklarga qarshi to‘p surayotgandek bo‘ldik. Unutmaylik, kelajak sari endi qadam tashlamoqdamiz» - dedi Spalletti.

Durang natijaga qaramay, «Napoli» chempionatdagi peshqadamlikni saqlab qoldi.

Napoli – Inter 0:0
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam, Allan (Rog, 76), Jorjino, Gamshik (Zelinski, 72), Kalexon, Mertens, Insine (Una, 80).
Inter – Handanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Nagatomo, Vesino, Galyardini, Kandreva (Joau Kanselu, 83), Valero (Joau Mariu, 71), Perishich, Ikardi (Eder, 87).
Ogohlantirishlar: Miranda (66), Kulibali (90).

Turning boshqa voqealari. «Yuventus», «Latsio» va «Roma»dan navbatdagi g‘alabalar, «Milan» yana qoqildi

«Yuventus» klubi Udine shahriga safar uyushtirib, «Udineze» bilan bellashdi. O‘yin kutilmaganda gollarga boy bo‘ldi.

Dastlab, hisob mezbonlar tomonidan ochildi. Peritsa 8-daqiqada Buffon darvozasini ishg‘ol etdi. Shundan so‘ng, «Udineze» himoyachisi Samir o‘z darvozasini ishg‘ol etdi. 20-daqiqada Xedira mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan biroz o‘tgach, «Yuve» hujumchisi Manjukich hakam bilan tortishib qolgani uchun maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘lim boshida Larangeyra hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng, «Yuventus» «uyg‘ondi» va raqib darvozasiga ketma-ket gol urib tashladi. Yakuniy hisob - 2:6 bo‘ldi, Sami Xedira o‘yinda het-trikka erishdi.

O‘yindan so‘ng, bosh murabbiy Massimiliano Allegri qizil kartochka olgan Manjukichga alohida minnatdorchilik bildirdi: «Manjukichga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 10 futbolchi bo‘lib qolgach, diqqat-eʼtiborimizni kuchaytirib, yanada yaxshiroq o‘ynadik va muvozanatdan chiqib ketmadik» - dedi Allegri.

Sami Xedira esa faoliyatida ilk marotaba het-trik sohibi bo‘lganini ma'lum qildi: «Murakkab o‘yindagi g‘alabadan mamnunmiz. Umuman olganda, bu faoliyatimdagi ilk het-trik bo‘ldi. Shu tufayli ikki karra xursandman» - dedi Xedira.

Udineze - Yuventus - 2:6 (1:2)
Gollar: Peritsa (8), Danilo (47) - Samir (14 avtogol), Xedira (20, 59, 87), Rugani (52), Pyanich (90).
Chetlatish: Manjukich (26)

Rim shahri klublari ham bu turda ochko yo‘qotmay, peshqadamlarni uzoqqa qo‘yib yuborishmadi. «Roma» safarda oson kechmagan o‘yinda «Torino»ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. «Latsio» o‘z maydonida Kalyari«ni tor-mor etdi.

Torino - Roma - 0:1 (0:0)
Gol: Kolarov (69).

Latsio - Kalyari - 3:0 (2:0)
Gollar: Immobile (7 penalti, 41), Bashtush (49).

«Milan» inqiroz ko‘chasidan chiqib ketolmayapti. Jamoa so‘nggi uch turda mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu safar kamtarona «Jyenoa» qarshiligini sindira olmadi. 22-daqiqada markaziy himoyachi Leonardo Bonuchchi raqibini tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatilgach, bosh murabbiy Vinchentso Montellaning rejalari o‘zgarib ketdi. Qizig‘i shundaki, bu vaziyatda hakam qoidabuzarlikni sezmay qolgandi. Biroq takroriy videolavhani tomosha qilgach, Bonuchchini zudlik bilan maydondan chetlatdi. Qolgan daqiqalarda milanliklarning raqib himoyasini buzib o‘tish uchun qilingan barcha harakatlari besamar ketdi.

Bu natijadan so‘ng, Montellaning «Milan» bosh murabbiyi lavozimi kursisi yanada qimirlab qoldi.

Milan - Jyenoa - 0:0
Chetlatish: Bonuchchi (22)


Turning boshqa natijalari:

Sampdoriya - Krotone - 5:0 (3:0)
Gollar: Ferrari (3), Kvalyarella (12 penalti), Kaprari (39), Linetti (71), Kovnatski (76).

Kevo - Verona - 3:2 (2:1)
Gollar: Ingleze (23, 30 penalti), Pellise (73) - Verde (6), Patstsini (55 penalti).

SPAL - Sassuolo - 0:1 (0:1)
Gol: Politano (1).

Benevento - Fiorentina - 0:3 (0:1)
Gollar: Benassi (18), Babakar (47), Tero (66 penalti).

Atalanta - Bolonya - 1:0 (0:0)
Gol: Kornelius (71).

 

Tur qahramoni - Sami Xedira (Yuventus)

«Yuventus»ning germaniyalik yarimhimoyachisi Sami Xedira «Udineze»ga (6:2) qarshi o‘yinda uchta gol urib, nafaqat jamoasining g‘alabasiga salmoqli hissa qo‘shdi, balki faoliyatidagi ilk het-trikka ham erishdi.

Turning ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Toma Strakosha (Latsio)
Himoyachilar: Lorentso de Silvestri (Torino), Daniele Rugani (Yuventus), Luka Rossettini (Jyenoa), Aleksandr Kolarov (Roma)
Yarimhimoyachilar: Xuan Kuadrado (Yuventus), Sami Xedira (Yuventus), Marko Benassi (Fiorentina), Matteo Politano (Sassuolo)
Hujumchilar: Chiro Immobile (Latsio), Esteban Sapata (Sampdoriya)

 

Turnir jadvali

Chempionat to‘purarlari

13 - Chiro Immobile (Latsio, 5 pen)
10 - Paulo Dibala (Yuventus, 1)
9 - Mauro Ikardi (Inter, 4)
7 - Dris Mertens (Napoli, 3), Edin Jyeko (Roma)
6 - Siril Tero (Fiorentina, 3)
5 - Fabio Kvalyarella (Sampdoriya, 2)
4 - Roberto Ingleze (Kevo, 1), Xose Kalexon (Napoli)

 

Navbatdagi tur o‘yinlari

10-tur.
24 oktabr

Inter - Sampdoriya

25 oktabr

Atalanta - Verona
Sassuolo - Udineze
Roma - Krotone
Yuventus - SPAL
Jyenoa - Napoli
Fiorentina - Torino
Kevo - Milan
Kalyari - Benevento
Bolonya - Latsio

Ko‘proq yangiliklar: