Ispaniya vazirliklari saytlari kiberhujumga duch keldi

Jahon 18:44 / 22.10.2017 5095

Anonymous xalqaro guruhi Ispaniyaning uch vazirligi va Xalq partiyasi saytiga hujum uyushtirdi. Bu haqida yakshanba kuni La Vanguardia gazetasi xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Adliya va taraqqiyot vazirliklari, shuningdek Iqtisodiyot, sanoat va raqobatbardoshlik  vazirligi sahifasiga kiberhujum uyushtirilgan. Nashrda ta'kidlanishicha, saytlar faoliyati yakshanba kuni soat 11:00da qayta tiklangan.

21 oktabr kuni gazeta Anonymous guruhi hukumatning Kataloniya inqirozi muhokamasiga doir favqulodda yig‘ilishi arafasida Ispaniya Konstituttsion sudi saytini buzib kirgani haqida ma'lum qilgandi. Sud saytiga "Ozod Kataloniya" kampaniyasi doirasida hujum qilingan, guruh bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: