Shimoliy Koreya: Pxenyan yadro quroli bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmaydi

Jahon 17:55 / 20.10.2017 9029

KXDR yadro quroli bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida emas, deya ma'lum qildi Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligining Shimoliy Amerika departamenti rahbari Tsoy Son Xi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz yadro quroli bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida emasmiz, hamda AQSh KXDRning yadroviy maqomi bilan ish ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu biz uchun muhim. Bu Koreya yarim oroli va Shimoli-Sharqiy Osiyoda barqarorlik hamda xavfsizlikni saqlab qolish uchun kerak», - deya aytib o‘tdi u Moskvadagi xalqaro anjumanda chiqish qilib.

Avvalroq MRB rahbari Mayk Pompeo KXDR AQShga bir necha oydan so‘ng yadro zarbasi berishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: