Toshkent yo‘llariga o‘rnatilgan kameralar bir haftada qancha qoidabuzarlikni qayd etdi?

Jamiyat 22:15 / 19.10.2017 15395

Toshkent ShIIBB tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida hafta davomida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 21 ming 769 ta, chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 3 ming 994 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shundan, 2 ming 217 ta svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 1 ming 77 tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirish ekani ShIIBB matbuot brifingida ma'lum qilindi. 

Doniyor Toshxo‘jayevning bildirishicha, 13-19 oktabr kunlari davomida 29 ta YTH sodir bo‘lib, unda 7 kishi halok bo‘lgan, 37 kishi jarohatlangan. 

2017 yil 15 mart kuni kuzatuv kameralari joriy etilgandan so‘ng, YTHlar soni 935 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189 taga, halok bo‘lganlar soni 112 nafarni tashkil etib, 33 kishiga, tan jarohati olganlar soni 1 ming 134 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 243 kishiga kamaygan.

Videokuzatuv kameralari tomonidan joriy kunga qadar, jami 228 ming 416 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 122 ming 489 tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirish holatlari, 105 ming 927 tasi qizil chiroqdan o‘tish holatlaridir. 

Ko‘proq yangiliklar: