Termizda “dollarfurush” qo‘lga olindi

Jamiyat 13:30 / 19.10.2017 19072

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, viloyat IIB va boshqa huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tumanning “Sabzipoya” mahallasida yashovchi Ch.X. mahalladoshi G.M.ning uyida, “mijoz”ga qonunga xilof ravishda bir AQSh dollarini 8100 so‘mdan hisoblab, 6700 AQSh dollarini 54 mln. 270 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. 

Ch.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: