Rossiyada Qirg‘iziston fuqarosi 34 kishi zaharlangani uchun sudlanadi

Jahon 13:20 / 19.10.2017 7212

Rossiyaning Perm shahrida shaurma sotuvchisi bo‘lib ishlagan qirg‘izistonlik ayol 34 kishi zaharlangani uchun sudlanadi, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar.

Xabar qilinishicha, 2015 yil dekabr oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar Qirg‘iziston fuqarosi shaurma sotiladigan do‘konchada sotuvchi bo‘lib ishlagan. Ayol tibbiy daftarcha va ishlashga huquqi bo‘lmagan holda mehnat faoliyatini olib borgani aytilmoqda. Do‘kon esa shaharning Milchkov ko‘chasida joylashgan.

Do‘konda kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan, shu sababdan idish-tovoqlar idishlarga solingan suv bilan yuvilgan, oziq-ovqat mahsulotlari esa bu yerdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda sotib olingan. Shaurmadan so‘ng o‘ttiz nafar kishi shifoxonaga murojaat qilgan, ularga salmonellez tashxisi qo‘yildi. Jabrlanganlardan yana to‘rt nafari uyda davolangan. Bakteriya do‘konchaning o‘zidan, shuningdek sotuvchi ayolning biologik tahlillaridan topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: