Pekinda Xitoy Kompartiyasining 19-qurultoyi ochildi

Jahon 08:03 / 18.10.2017 7279

Pekinda 18 oktabrda dunyodagi eng ko‘p sonli partiya – Xitoy Kommunistik partiyasining navbatdagi 19-qurultoyi ochildi. Uning natijalariga ko‘ra davlatning yangi oliy rahbariyati saylanadi va partiya nizomi qayta ko‘rib chiqiladi.

Kompartiya qurultoyi har 5 yilda o‘tkaziladi. Bu yil u 18-24 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 25 oktabrda esa 19-chaqiriqdagi Kompartiya markaziy qo‘mitasining birinchi plenumi bo‘lib o‘tadi. Uning natijalariga ko‘ra siyosiy byuro va uning doimiy qo‘mitasining yangi tarkibi ma'lum bo‘ladi.    

Qurultoyga Kompartiyaning 89 mln a'zosi ichidan saylab olingan 2287 deputat keldi.

Delegatlar Xitoy raisi Si Tszinpinning 18-chaqiriqdagi Kompartiya markaziy qo‘mitasi amalga oshirgan ishlar haqidagi hisoboti, partiyaning intizom bo‘yicha markaziy komissiyasining ishchi hisobotini tinglashadi, partiya nizomiga tuzatishlarni qabul qilishadi hamda partiya markaziy qo‘mitasining yangi tarkibini saylashadi.

Ko‘proq yangiliklar: