OAV: Suriya qo‘shinlari terrorchilar egallab olgan mavzelarga hujum boshladi

Jahon 12:04 / 18.10.2017 8990

Suriya armiyasining elita kuchlari Damashqdan 420 km uzoqlikdagi Dayr az Zor mavzelarini terrorchilardan tozalash ishlariga kirishdi. Bu yerlar shu paytga qadar IShID terrorchilari nazoratida bo‘lgan. Al Manar telekanalining xabar qilishicha, harbiy bo‘linmalar Ar Rossaf va Hay al Ummal tumanlarida jangarilar mudofaasini yorib o‘tgan va Port-Said ko‘chasi tomon harakatlanmoqda. Bundan avval Hasrat, Matar-al-Qadim va Kanamat qishloqlari terrorchilardan ozod etilgan edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, IShID jangarilari ko‘plab qurbonlar bergan va ularning safida jarohatlanganlar bor. Xabar qilinishicha, hukumat kuchlari tarafida Livanning “Hizballoh” harakati jangchilari ham qatnashmoqda.

16 oktabr kuni askarlar Dayr az Zordan shimolda joylashgan Solihiya va Husayniya aholi punktlaridan jangarilarni siqib chiqargan. O‘tkazilgan maxsus amaliyotlar natijasida Damashq-Xasaka yo‘li to‘sib qo‘yildi. Shu bilan shahardagi IShID jangarilari qurshovda qoldi. 

Ko‘proq yangiliklar: