Mashinasiga ulkan kran qulagan haydovchi omon qoldi (video)

Jamiyat 16:16 / 18.10.2017 37074

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobili ustiga ulkan kran qulagandan keyin mo‘'jiza yuz berib omon qolgan haydovchi videosi keng tarqaldi. Video YouTube'da namoyish qilindi.

Voqea Xitoyning Guandun provinsiyasida sodir bo‘ldi. Kadrlarda kran mashinaning naq old oynasiga tushganini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, bir necha soniyadan keyin haydovchi avtomobilning lyukidan sog‘-salomat chiqib keldi. 

Ta'kidlanishicha, erkak hech qanday jiddiy jarohat olmagan - uni to‘piq sohasi sinishi bilan shifoxonaga olib borishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: