Shoygu: Suriyadagi operatsiya yakuniga yetmoqda

Jahon 23:17 / 16.10.2017 11823

Suriyadagi operatsiya yakunlanmoqda, shu sababli zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator masalalalar bor, deb aytdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. Vazir bu haqda Tel-Avivda isroillik hamkasbi Avigdor Liberman bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"Suriya bilan bog‘liq barcha narsani alohida muhokama qilishni istardik. U yerdagi operatsiya yakunlanish arafasida. Shu munosabat bilan zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar bor", deb aytgan Shoygu.  

Shoygu Yaqin Sharqdagi vaziyatga tegishli masalalarni ham muhokama qilishni taklif qilgan. "Dunyoda terrorchilik faollashgan hozirgi sharoitda xalqaro hamjamiyatning bu yovuzlikka qarshi kurashda jipsligi talab qilinadi", deb aytgan Shoygu va muzokaralar "ikki davlatning bir-birini yaxshiroq tushunishida hamda Rossiya va Isroil qurolli kuchlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishiga ko‘mak berishini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: