Mourino o‘z vaqtida «Barselona»ni boshqarishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi

Sport 11:40 / 16.10.2017 10126

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino murabbiylik faoliyatida bosib o‘tgan yo‘lini esga olib, 2008 yilda nega «Barselona»ga o‘tmaganini aytishga tayyor emasligini ta'kidladi.  U shuningdek, «Real» va «Inter»da orttirgan tajribasi haqida ham gapirdi.

«Balki qachonlardir «Barselona»ga nega o‘tmay qolganim to‘g‘risida haqiqatni aytarman, ammo hozir emas. Faoliyatimdagi bu voqeani oshkor qilmay turaman. Balki, qarib-qartayib qolganimda gapirib berarman.

«Real»ga o‘tish uchun noqulay vaqt tanlagan bo‘lishim mumkin, chunki, o‘sha paytda «Barselona» juda kuchli edi. Ammo, «Real»ga o‘tishni o‘zim istaganman. Bu klubni tark etish haqidagi qarorni ham o‘zim qabul qilganman. Qizim Londonda o‘qimoqchi edi va oilamiz bilan birga bo‘lsak, yaxshiroq bo‘lishini anglab yetganmiz. Menga o‘zimni yaxshi his qilishim, baxtiyor bo‘lishim muhimroq. «Real»da ishlagan uchinchi mavsumimda esa baxtiyor emasdim.

«Inter»dagi ishim o‘ziga xos tajriba, sevgi romani edi. U yerda fantastik jamoani yiqqanmiz. Bu o‘sha paytdagi «Inter» futbolchilariga nimanidir qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyat edi. Biz muxlislarimizga ajoyib lahzalarni, quvonchni taqdim qilgandik», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan Telefoot.

Ko‘proq yangiliklar: