Atamboyev: halollik va demokratiya AQShda ham yo‘q

Jahon 23:55 / 16.10.2017 27258

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlarini kuzatib borgan xalqaro kuzatuvchilar missiyasi rahbarlari bilan uchrashuvda AQShda ham halollik va demokratiya yo‘qligini aytgan.

Uning aytishicha, Barak Obamaning yordamchisi Maykl Makfol OAVga Qirg‘izistondagi saylovlarda amaldagi prezident safdoshi g‘alaba qozonganini aytgan. "Albatta, agar AQSh qo‘llab-quvvatlovchi nomzod yutganda, ular bulbul kabi sayrardilar", deb aytgan Atamboyev. 

Atamboyevning aytishicha, saylovlarda tashqaridan moliyalashtirish bo‘lganiga qaramay, Qirg‘iziston o‘z mustaqilligini himoya qila oldi.

Uchrashuvda MDH, YeXHT, ShHT, Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi, Islom hamkorligi tashkiloti, Yevropa parlamenti hamda O‘zbekiston, Rossiya va Xitoy missiyalari rahbarlari ishtirok etishgan.

Qirg‘izistonda 15 oktabrda o‘tgan saylovlarda mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov g‘alaba qozondi. 

Ko‘proq yangiliklar: