Futzal. O‘zbekiston termasi Nepalga 14ta gol urdi

Sport 18:50 / 15.10.2017 9368
Foto: O‘FF matbuot xizmati

Eronning Tabriz shahrida bugun, 15 oktabr kuni futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari start oldi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston termasi bugun OCh saralashidagi ishtirokini Nepalga qarshi o‘tkazdi. O‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Bahodir Ahmedov shogirdlari yakunda 14:1 hisobida zafar quchib, saralashni yirik g‘alaba bilan boshladi.

Futzal bo‘yicha OCh saralashi
“A” guruhi, 1-tur 
15 oktabr, yakshanba

O‘zbekiston – Nepal 14:1

Gollar: Dilshod Rahmatov (1, 8, 22), Farhod Abdumavlonov (2), Davron Choriyev (3, 24), Davron Abdurahmonov (5), Artur Yunusov (13, 13), Anasxon Rahmatov (26), Husniddin Nishonov (33), Saurab Magar (35 – avtogol) Dilmurod Shavkatov (39, 39) – Suraj Raut (22)

O‘zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Dilmurod Shavkatov, Davron Abdurahmonov, Akmal Harzatqulov, Husniddin Nishonov.

Foto: O‘FF matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni ertaga, 16 oktabr kuni Turkmaniston futzalchilariga qarshi o‘tkazadi. Quyida qolgan o‘yinlar anonsi bilan tanishing: 

16 oktabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg‘iziston 
18:00  Turkmaniston – O‘ZBeKISTON

17 oktabr, seshanba

15:30  O‘ZBeKISTON – Qirg‘iziston 
18:00  Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Ma'lumot uchun, guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit'a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: