Federer mavsumda to‘rtinchi marta Nadalni yengdi

Sport 16:00 / 15.10.2017 5803

Xitoyning Shanghay shahrida o‘tkazilgan ATP turnirida shveysariyalik tennischi Rodjyer Federer ispaniyalik Rafael Nadalni mag‘lub etdi – 6:4, 6:3.

Bahs 1 soatu 12 daqiqa davom etdi. Ikki raqib ham qo‘shxatolarga yo‘l qo‘yishmagan. Federer raqibini eys zarbalar bo‘yicha ortda qoldirgan - 10:4.

Shveytsariyalik sportchi joriy mavsumda Nadalni to‘rtinchi marta mag‘lub etmoqda. Xitoydagi g‘alabaga qadar Federer Nadaldni Australian Open finalida, Indian-Uellsdagi turnirning to‘rtinchi davrasida hamda Mayamidagi musobaqaning hal qiluvchi o‘yinida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ushbu qarama-qarshilikda umumiy hisobda ispaniyalik tennischi ustun — 23:15.

Turnir ATR. «Masters»
Shanghay (Xitoy)
Qoplamali kordlar: xard
Sovrin jamg‘armasi: 5 924 890 dollar
Final

Rafael Nadal (Ispaniya, 1) – Rodjyer Federer (Shveytsariya, 2) – 4:6, 3:6

Ko‘proq yangiliklar: