Kaliforniyada favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilindi

Jamiyat 08:36 / 14.10.2017 6297

AQShning Kaliforniya shtati rahbariyati gepatit A epidemiyasi tufayli shtatda favqulodda vaziyat tartibini kiritdi. Bunday choralar shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga vaksinalarni bevosita ishlab chiqaruvchilardan sotib olib, jabrlangan hududlarga berish imkonini taqdim qiladi.

Kaliforniyada AQShda 22 yil ichidagi eng katta ko‘lamli gepatit A epidemiyasi kuzatilmoqda. Kasallik shtatning bir qator okruglarida avj olgani qayd qilingan. Kasallanganlar orasida boshpanasiz va giyohvandlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Shtat rahbariyatining fikricha, virusning tarqalishini to‘xtatishning eng samarali yo‘li xatar guruhiga kiruvchi aholini vaksinatsiyalash va sanitar vaziyatni yaxshilash hisoblanadi.

Kaliforniya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil noyabridan shtatdagi San-Diyego, Santa-Kruz va Los-Anjyeles shaharlarida 560 ta kasallanish holati qayd qilingan. Ulardan 17 tasi o‘lim bilan tugagan. Epidemiya avj olishi Michigan va Kolorado shtatlarida ham qayd qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta'riflashicha, gepatit A jigarning virusli kasalligi bo‘lib, yengil va og‘ir shakllarda kechishi mumkin. Bu gepatit turi iflos oziq-ovqat mahsulotlari va suv iste'mol qilish yoki kasallangan odam bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish vaqtida yuqadi.    

Ko‘proq yangiliklar: