“Baliq bozori”dagi avtoulov salonidan 3.2 mln. so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Jamiyat 19:41 / 14.10.2017 9814

Chinoz tumani IIBga Sirdaryo viloyatida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan S.Q. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 8 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, yon oynasini sindirish yo‘li bilan, Chinoz tumanida joylashgan “Baliq bozori” oldida turgan unga tegishli «Xovo» rusumli davlat belgisi 20 A 395 GA yuk avtoulovi salonidan 3.200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Chinoz tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan B.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: