Amerikaliklar nimadan ko‘proq qo‘rqishi aniqlandi

Jamiyat 09:11 / 12.10.2017 31803

Amerika sotsiologlari AQSh fuqarolari nimalardan qo‘rqishini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. Tadqiqot natijalari Chapman University saytida e'lon qilindi

Tadqiqotda turli shtatlarda istiqomat qiluvchi voyaga yetgan 1207 kishi qatnashgan. Ularning har biriga 80 ta "eng qo‘rqinchli holat"lardan eng qo‘rqinchlilarini tanlash vazifasi topshirildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, amerikaliklarni korrupsiya va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish ehtimoli eng ko‘p xavotirga soladi. Bu ikkisi 74 va 55 foiz so‘ralganlarni xavotirga solishi aniqlangan. Okeanlar, ko‘llar va daryolarning ifloslanishi (53 foiz) ham jiddiy tashvish uyg‘otadi. Ichimlik suvdan zaharlanishdan 50 foiz so‘ralganlar qo‘rqadi. 

Amerikaliklarning yarmi pulsiz qolishdan qo‘rqsa, yarmidan sal kamrog‘i tibbiy xizmatlarning narxi yuqori bo‘lishidan xavotirlanishadi. Yangi jahon urushi va iqlimning halokatli o‘zgarishi ham so‘ralganlarning 48 foizini tashvishlantiradi. Shuncha odam KXDR yadro dasturini qo‘rqinchli deb hisoblaydi. Eng qo‘rqinchli o‘nlikni havoning juda ham ifloslanib ketishi yakunlab beradi. 

Reytingning so‘nggi o‘rinlarini zombi, arvohlar va hayvonlar egallagan. Tirik arvohlarning xuruji atigi 5,4 foiz amerikalikni qo‘rqitsa, ruhlardan 4,3 foiz kishilar tashvishga tushadi. So‘ralganlarning 3,7 foizi hayvonlarni ko‘rish bilan tashvishga tusha boshlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: