O‘zbekistonlik qo‘l jangi ustalari Yevropada tengsiz bo‘lishdi

Sport 15:20 / 11.10.2017 17481

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Yevropa ochiq chempionati o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada 20ga yakin mamlakatdan jami 200 nafar yetakchi qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun gilamga tushishdi. 

Dunyo birinchiliklarida hamisha o‘z so‘zlarini aytgan terma jamoamiz a'zolari bu safar ham kuchlilar qatorida e'tirof etildi. Jumladan, o‘z vaznlarida Olim Normuhammedov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumayev, Hasan Bozorov, Jamshid Rahmonaliyevlar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medallarga egalik qilishgan bo‘lsa, Botir Xojabekovga hal kiluvchi jangda omad kulib boqmadi va u kumush medal sohibi bo‘ldi.

Albatta, Yevropa ochiq chempionatida umumhisob bo‘yicha birinchi bo‘lish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu chempionat vakillarimiz uchun 10-12 noyabr kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati oldidan jiddiy sinov va ko‘rik vazifasini o‘tab berdi.

Toshkent xalkaro aeroportida bugun erta tong g‘olib va sovrindorlarni keng sport jamoatchiligi, sportchilarining oila a'zolari shodiyonalik bilan kutib olishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: