BMT: “Rohingyalar bo‘yicha turli ssenariylarga tayyorlanmoqdamiz”

Jahon 17:10 / 06.10.2017 8584

BMT bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukokning aytishicha, yuz minglab rohingya musulmonlari Myanmada qolmoqda va Bangladeshga qochib o‘tishlari mumkin, BMT vaziyatning turli xil ssenariylariga tayyorlanmoqda.

"Myanmada qancha rohingyalar qolayotganini hech kim bilmaydi, ammo bizning fikrcha, ularning soni yuz minglab", - dedi u.

Loukokning ta'kidlashicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotida yil oxiriga qadar Bangladeshda qancha rohingya qochqinlari bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar yo‘q, biroq gumanitar tashkilotlar turli xil ssenariylarni ishlab chiqmoqda.

"Biz insonlar o‘z mamlakatidan qochib chiqishga majbur bo‘lmaydigan sharoitlar yaratilishini xohlaymiz", - dedi u.

Xalqaro migratsiya tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, ikki mingga yaqin rohingyalar har kuni Bangladeshdagi Koks-Bozorga kelishmoqda. Hozir Bangladeshdagi ikki qochoqlar lagerida 800 mingdan ziyod rohingya musulmonlari bor. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qochqinlar orasida vabo tarqalishining oldini olish maqsadida Bangladeshga 900 ming dozada vakttsinalar jo‘natdi. Kutilishicha, yuk shanba kuni joyiga yetkazilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: