OAV: Abe 28 sentabrda Yaponiya parlamentining quyi palatasini tarqatib yuboradi

Jahon 13:51 / 25.09.2017 4535

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat parlamentining quyi palatasi 28 sentabr kuni tarqatib yuborilishini rasman e'lon qildi. NHK telekanalining xabar qilishicha, u Yaponiya Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari o‘tkazilgan majlisida shu haqda ma'lum qilgan. 

Xabarlarga ko‘ra, parlament quyi palatasi navbatdan tashqari majlisining birinchi ish kunida tarqatib yuboriladi. Shundan so‘ng, 22 oktabr kuniga navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishi belgilanishi kutilmoqda. Saylovoldi kampaniyasi 10 oktabrda boshlanadi. 

Aslida parlament quyi palatasining vakolatlari 2018 yil dekabrida yakunlanishi kerak edi. Biroq, Yaponiya bosh vaziri navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish yo‘li bilan LDP o‘rnini saqlab qolishni rejalashtirmoqda. U hukmron koalitsiyadagi "Yangi Komeyto" bilan birga ikkala palatada ham mutlaq ustunlikni egallab turibdi. Bundan tashqari, saylovchilar qo‘llab-quvvatlashiga erishishni ko‘zlayotgan Abe "abenomika siyosati" doirasida islohotlarni davom ettirish niyatida. 

Yaponiya parlamenti quyi parlamenti uchun so‘nggi saylovlar 2014 yil dekabrida o‘tkazilgan edi. O‘shanda LDP va "Yangi Komeyto" g‘alaba qozongan edi. Bugungi kundagi parlament quyi palatasidagi 475 o‘rindan 323 o‘rni shu ikki partiyaga tegishli. 

Ko‘proq yangiliklar: