Zilziladan jabr ko‘rgan Meksikaga endi dovul yaqinlashmoqda

Jahon 23:17 / 24.09.2017 8821

Meksikaning janubi-g‘arbiy hududiga "Pilar" dovuli yaqinlashmoqda. Bu haqda AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markazi xabar bergan. 

Ayni vaqtda dovul Meksikaning Las-Tres-Marias orollaridan 185 km uzoqlikda joylashgan. Uning maksimal tezligi soatiga 75 km ni tashkil qilmoqda. Ta'kidlanishicha, dovul o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar va shamol olib keladi.

Ta'kidlanishicha, keyingi ikki kun ichida dovul pasayib borib, 26 sentabrda kuchini to‘liq yo‘qotadi.  

Meksikada yuz bergan oxirgi zilzila qurbonlari soni 295 nafargacha yetdi. 

Ko‘proq yangiliklar: