Venesuela prezidenti Trampni Hitlerga qiyosladi

Jahon 09:17 / 20.09.2017 6490

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Trampning BMT Bosh assambleyasidagi nutqiga izoh berib, Trampni Hitlerga qiyosladi. Bu haqda EFE Noticias nashri xabar bermoqda. 

Tramp BMTdagi nutqida Venesuelaning rasmiy rahbariyatini "totalirar tuzum" deb atadi. Maduro bunga javoban AQShni tajovuzkor tashqi siyosat yuritishda ayblagan va Trampni "yangi Hitler" deb atagan. 

El Nacional nashrining ma'lum qilishicha, Maduro Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari bilan tushlik vaqtida Tramp uni o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytib bergan. "Agar ular men bilan qachondir nimadir qilsalar, butun asr davomida bundan pushaymon yeydilar, chunki bizning xalq jangga tayyor bo‘ladi", deb aytgan Maduro o‘zining Karakasdagi qarorgohi yonida o‘tgan "aksilimperialistik marsh" vaqtida.

Tramp BMTdagi nutqida Venesuelaning rasmiy rahbariyatini "gullayotgan millatni barbod qilishda" va o‘z xalqini ta'qib qilishda ayblagan. U Vashington Maduro va uning atrofiga kiritgan sanksiyalar Venesuela rivojlanishning demokratik yo‘liga qaytmaguncha bekor qilinmasligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: