O‘zganing mulki buyurmadi

Jamiyat 09:30 / 20.09.2017 6999

Uzun tumani IIBga Uzun tumanida Do‘stlik mahallasida yashovchi, Yu. F.ning yashash uyining mehmonxonasidan noma'lum shaxs 200 AQSh dollari, 250.000 so‘m puli, 1 dona 4 grammli ayollar tilla uzugi, qora rangli “SAMSUNG” rusumli planshet telefoni, 1 dona qora rangli “ROLSEN” rusumli musiqali markaz, 1 dona oq rangli 6 qovurg‘ali elektr tokida ishlaydigan issiq pechlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida ushbu o‘g‘rilik “issiq izi”da fosh etildi. Mazkur o‘g‘rilik jinoyatini Sariosiyo tumani Nurbuloq mahallasida yashovchi N. K. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 

N. K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: