Qanday uy yumushlari yurak xurujining oldini olishda ko‘maklashadi

Light 19:23 / 20.09.2017 24666

Butun dunyoda yurak xuruji (infarkt) va yurak kasalliklari to‘satdan kelgan o‘lim holatlari reytingida yetakchilik qilmoqda. Yurak kasalliklarining bosh sabablaridan biri sifatida esa doimo jismoniy mehnatning yetishmasligi qayd etiladi. Shu holatda ham vrachlarning minimal tavsiyalarini bajarish — badantarbiya mashqlari qilish yoki haftasiga 150 daqiqa aerobika bilan shug‘ullanishga barcha ham tayyor emas, deb yozadi Medportal.

Shu sababli AQSh sog‘liqni saqlash milliy instituti zamonaviy turmush tarzi qurbonlariga peshvoz chiqdi. SSMI mutaxassislari biz ko‘pincha zerikarli va kishini charchatadigan, deb hisoblab, qo‘l siltaydiganimiz — uy yumushlarini muttasil bajarishdan boshlash kerakligini tavsiya qilishmoqda.

Bunday yondashuvda kuniga o‘rtacha kamida 30 daqiqa «mo‘'tadil faollik» talab etiladi. Lekin hisobga olish lozimki, intensivlik bo‘yicha bir mashg‘ulot ikkinchisi bilan barobar emas, shu sababli me'yorlarning taxminiy ro‘yxati quyidagi ko‘rinishga ega:

  • Avtomobilni tozalash, yuvish va artish: 45–60 daqiqa;
  • Deraza va pollarni yuvish: 45–60 daqiqa;
  • Bog‘da ishlash: 30–40 daqiqa;
  • Do‘kon bahona (3,2 km) sayr qilish: 30 daqiqa;
  • Kolyaska bilan sayr qilish (2,5 km): 30 daqiqa;
  • To‘kilgan barg xazonlarni tozalash: 30 daqiqa;
  • Qorni kurash: 15 daqiqa;
  • Zinadan chiqib tushish: 15 daqiqa;

Bu kundalik yuklamalarni o‘zingizga xos yumushlar bilan uyg‘unlashtiring va kuniga «me'yor»ni bajarishga harakat qiling, unga yana imkon qadar quyidagi murakkab bo‘lmagan jismoniy faolliklardan qo‘shib boring: badantarbiya, intensiv yurish, raqs tushish, suzish va velosipedda sayr qilish.

Ko‘proq yangiliklar: