Xitoy sohillarida kema ag‘darilib ketdi

Jahon 10:39 / 19.09.2017 5832

Xitoyning sharqiy hududidagi Shandun viloyati sohillarida 10 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan baliqchilik kemasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar qilmoqda. 

Halokat haqidagi xabar Veyxay shahri dengiz qutqaruv markaziga mahalliy vaqt bilan 5:00 atrofida kelib tushgan. 37 kema ishtirokidagi qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Kema ekipaji taqdiri noma'lumligicha qolayapti. 

Hodisa sabablari ham o‘rganilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: