Qatar Buyuk Britaniyadan qiruvchilar xarid qiladi

Jahon 12:59 / 18.09.2017 4984

Qatar Buyuk Britaniyadan 24 ta Typhoon qiruvchisini xarid qiladi. Bu haqda Qatar Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Doha va London o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida amalga oshiriladi.

Qatar Mudofaa vazirligi rahbari Holid bin Muhammad al-Atiyya Dohada britaniyalik hamkasbi Maykl Fellon bilan xarid shartlarini muhokama qilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar mintaqaviy voqealar hamda ikki tomonlama harbiy hamkorlik, shu jumladan terrorizm bilan kurashni muhokama etishdi. Bundan tashqari, harbiy hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: