Buxoroda 180 nafar nogiron va yoshi ulug‘ keksalarning xonadonlariga borilib, pasportlar topshirildi

Jamiyat 10:29 / 16.09.2017 3102

2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyati hududida istiqomat qiluvchi 180 nafar  nogiron va yoshi ulug‘ keksalarning xonadonlariga borilib, olib yuruvchi mobil qurilmasi yordamida pasportga tushirildi va tayyor pasportlar topshirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB xabar bergan.           

Buxoro viloyatida 1.212.600 nafar fuqarolar biometrik pasport olishi lozim bo‘lib, hozirgi kunga qadar ushbu fuqarolarning 1.087.703 nafariga biometrik pasportlar rasmiylashtirib berilgan. Bu esa biometrik pasport olishi kerak bo‘lgan aholining 89,07 foizini tashkil etadi. Kelgusida 124.897 nafar aholiga bio-pasportlarni berish bo‘yicha belgilangan rejani bajarish lozim.

2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyati hududida istiqomat qiluvchi 180 nafar  nogiron va yoshi ulug‘ keksalarning xonadonlariga borilib, olib yuruvchi mobil qurilmasi yordamida pasportga tushirildi va tayyor pasportlar topshirildi.

Pasportlarni tarqatish va fuqarolarni biometrik pasportni olishga jalb etish maqsadida SMS xabar orqali, hududiy profilaktika inspektorlari va mahalla vakillari hamkorligi pasport bo‘linmasiga jalb qilish choralari ko‘rib borilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyatida yashovchi 1.192 nafar fuqarolar xorijiy davlatlardan “vatanga qaytish guvohnomasi” bilan qaytib kelib, xududiy IIBlarga biometrik pasport olish uchun murojaat etishgan. Ulardan 1073 nafariga o‘rnatilgan tartibda fuqarolik pasportlari rasmiylashtiib berilgan, 76 nafarining pasport olish haqidagi xujjatlari va biometrik ma'lumotlari DPM, qolgan 43 tasining xujjatlari tegishli xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga 2017 yilning 8 oy  mobaynida tushgan murojaatlar soni viloyati bo‘yicha 550 tani tashkil etadi. Ushbu murojaatlardan 24 tasi qanoatlantirilgan, 529 tasiga amaldagi qonun talablari asosida tushuntirish berilgan, 10 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu murojaatlarning aksariyatini O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish, biometrik pasportni olishni tezlashtirish, doimiy va  vaqtincha propiskaga qo‘yish, jarima miqdorini kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan viloyat bo‘yicha 37 nafar fuqaroligi yo‘q shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan va ularning barchasiga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: