Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 13:55 / 15.09.2017 4545

2017 yilning 26 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari ishtirokida «Hamkorlikning yangi qirralari» mavzusidagi ikkinchi o‘zaro biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda kimyo, yengil sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, metallurgiya, tibbiyot vositalarini ishlab chiqarish, sanoat mahsulotlari, yo‘l qurilishi texnikasi, neft va gaz uskunalari, energetika, gidrotexnika va boshqa sohalarda ishlovchi 30dan ortiq Rossiya kompaniyalari ishtirok etadi.

Biznes-forum davomida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, sayyohlik sohasidagi hamkorlik, logistika sohasini rivojlantirish hamda boshqa masalalarni muhokama qiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: