O‘zbekiston ichki ishlar xodimlari Turkiyada tashkil etilgan o‘quv kurslarida qatnashdi

O‘zbekiston 13:05 / 12.09.2017 6505

Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) Turkiya politsiyasi bosh boshqarmasi bilan birgalikda Anqarada o‘zbekistonlik ichki ishlar xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Davlat inshootlarini terrorchilar hujumidan himoyalash va mualliflik huquqlariga qarshi kurash mavzulariga bag‘ishlangan o‘quv kurslari TİKA’ning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun xalqaro loyihasi doirasida tashkil etildi.
 
Mazkur loyiha dastavval 2007-2008 yillarda Albaniya va Qirg‘izistonda sinov tariqasida ishga tushirilgan, keyinroq Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Falastin, Bosniya va Gertsegovina, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Makedoniya, Tunis, Chernogoriya, Janubiy Sudan, Liviya, Moldova va Ruminiyada takomillashtirilgan edi. 

Undan ko‘zlangan maqsad – do‘st va birodar mamlakatlar ichki ishlar idoralari bilan tajriba almashish, jinoyatchilikka qarshi kurashda yagona qarash va iboralarni shakllantirish, xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirishdir. 

Ko‘proq yangiliklar: