Inson ko‘zi robotlar kabi superko‘rish qobiliyati bilan ta'minlanadi

Fan-texnika 20:05 / 12.09.2017 9685

Kanadadagi Ocumetics Technology Corporation'ning bir guruh ishlab chiqaruvchilari noyob bionik kristall linzalarni sinovdan o‘tkazmoqda. Testlar muvaffaqiyatli o‘tsa, bu kelgusida nafaqat yo‘qotilganni qayta tiklash, balki normal ko‘rish qobiliyatni kuchaytirish va insoniyatga superqobiliyatlarni sovg‘a qilishi mumkin. BigThink shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. 

Yangi linza standart katarakta operatsiyasi vaqtida inson ko‘ziga o‘rnatiladi va ko‘z mushaklaridagi yukni yuz karra kamaytiradi. Buning hisobiga bemor qurollanmagan inson ko‘zi ko‘ra olmaydigan, o‘rganilayotgan obektga diqqatni qaratishdan charchamaydi.

Foto:bigthink.com

Afsuski, ishlanma daltonizm va muguz parda xiralashishini davolay olmaydi, chunki u ko‘z nervining funksionalligini qayta tiklashga qodir emas. Shu bilan birga, u dori vositalarini samaraliroq "yetkazib berish"ga yordam bera oladi.

Hozircha linzalarning operatsion aralashuvsiz xarajatlari - bir donasi uchun (juft emas) 3200 dollarni tashkil qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: