Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning Xama viloyati Masiaf shahridagi harbiy pozitsiyalariga zarba berdi, deb xabar qilmoqda Reuters Suriya armiyasi bayonotiga asosan.
Xabar qilinishicha, aviazarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Isroil armiyasi Suriyadagi jangovar harakatlar bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgan.
Avvalroq BMT Suriya hukumatini zarin moddasini qo‘llaganlikda ayblagandi.