AQSh boshchiligidagi koalitsiya Raqqada gumanitar huquqni buzgani ma'lum qilindi

Jahon 15:50 / 06.09.2017 7174

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Raqqa shahrini ozod qilish bo‘yicha amaliyot vaqtida xalqaro gumanitar huquqni buzgan. Bu haqda RIA «Novosti» BMTning Suriyada inson huquqlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha Mustaqil xalqaro komissiyasi hisobotiga asosan xabar bermoqda.

«Komissiya xalqaro koalitsiya kuchlari aviazarbalarining tinch aholi vakillari hayotiga ta'siridan tashvishda. AQSh kuchlari Al-Jinoh, Halabda tinch aholi vakillari va fuqarolik infratuzilmasini masjidga hujum vaqtida himoya qilish bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rmagan. Bu xalqaro gumanitar huquqning buzilishi sanaladi», - deyiladi hisobot matnida.

Ta'kidlanishicha, gap 2017 yilning 1 martidan 7 iyuliga qadar bo‘lgan davr haqida bormoqda. Hisobot mualliflarining iddao etishicha, bu vaqt davomida 190 ming inson o‘z uyini majburan tark etgan, koalitsiya aviazarbalari ko‘plab tinch aholi vakillarining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: