Filadelfiyada avtomobil odamlarga kelib urildi

Jamiyat 08:06 / 05.09.2017 2139

AQShning Filadelfiyasida ayol kishi boshqaruvidagi mashina kishilarga borib urildi, natijada sakkiz inson jabrlandi. Bu haqda NBC Philadelphia xabar bermoqda.

Hodisa Mehnat kuniga bag‘ishlangan ko‘cha bazmi bo‘lib o‘tayotgan tumanda ro‘y bergan. Aniqlik kiritilishicha, jabrlanganlar orasida keksa kishilar va homilador ayol bor.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi xavf haqida ogohlantirish maqsadida signal bermagan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga olib ketildi.

Politsiyadan ta'kidlashlaricha, ayol mast holda bo‘lgan.

Avvalroq Filadelfiyada ikki poyezd to‘qnashib ketgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: