Seul va Vashington KXDR raketa sinoviga qarshi harbiy ko‘rinishdagi choralar ko‘radi

Jahon 09:48 / 29.08.2017 5619

Koreya respublikasi va AQSh Pxenyan tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi raketa sinoviga qat'iy choralar ko‘radi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi tomonidan tarqatilgan bayonotda so‘z yuritilgan. Uning rahbari Chon Gyon Du amerikalik hamkasbi Jozef Danford bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. 

"Tomonlar qisqa muddatlarda javob choralari ko‘rishga kelishib olishdi, ittifoqchilarning qat'iyatini namoyish etuvchi harbiy choralar ham shular jumlasidan", - deyiladi xabarda. 

"Chon Gyon Duning qayd etishicha, Pxenyan harakatlari Koreya yarim oroli va xalqaro hamjamiyatga uchun jiddiy xavf soladi. Danfordning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar Shimolning fitnali harakatlariga qarshi turishi uchun hamkorlikni faollashtirishi zarur", - deya qayd etilgan KShBQ xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: