Taylandning korrupsiyada ayblangan sobiq bosh vaziriga hukm o‘qish kechiktirildi

Jahon 09:47 / 25.08.2017 5247

Tayland Oliy sudi qirollik sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavatga nisbatan hukm chiqarishni bir oyga kechiktirdi. U 2011-2014 yillarda Chinavat rahbarlik qilgan hukumat guruch garovi deb nomlangan dotatsiya dasturi bilan bog‘liq korrupsiya ishida ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqda. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda

Shu bilan birga, sud sobiq bosh vazirni sud qarori o‘qilishiga kelmagani uchun hibsga olishga order bergan. Ma'lum bo‘lishicha, Chinavat qulog‘iga infeksiya tushgani sababli sud qarori o‘qilishiga kela olmasligi haqida majlisdan bir necha daqiqa avval ogohlantirgan. 

Avvalroq, Tayland hukumatining sobiq raisi o‘z faoliyati davomida boyligini 1 mln dollardan ko‘proqqa orttirgani xabar qilingan. 

Yinglak Chinavat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan guruch garovini xarid qilishda jinoiy mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, guruch siyosati bo‘yicha milliy qo‘mita raisi lavozimida ham korrupsiyaga aralashgan. Uning hukumati 2014 yil 22 maydagi harbiy davlat to‘ntarishi bilan ag‘darilgan edi. Uning aybi isbotlansa, Chinavatga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: