Qozog‘iston Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatishni boshladi - 41 million dollar

Jahon 14:00 / 22.08.2017 3899

Qozog‘iston Qirg‘izistonga 41 million dollar hajmidagi birinchi transhni yo‘naltirdi. Bu haqida QR bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Yevroosiyo integratsiyasi sharoitida iqtisodiy hamkorlik rivoji uchun ajratilgan moliyaviy yordam Qirg‘iziston bojxona, veterinariya, fitosanitariya va karantin xizmatlarining modernizatsiyasiga yo‘naltiriladi. 

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv doirasida Qozog‘iston Qirg‘izistonga 100 million dollar ajratadi. Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)  kelishuviga qo‘shilishiga doir yo‘l xaritalari loyihalarini amalga oshirish uchun texnik yordam yo‘naltirilgan.

"Ko‘rsatilayotgan yordam Qirg‘iziston Respublikasiga mamlakat iqtisodiyotini nisbatan qisqa muddatlarda YeOII talablariga moslashtirish imkonini beradi", - deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: