Mustaqillik bayrami Milliy bog‘da o‘tkazilmaydi

O‘zbekiston 22:34 / 21.08.2017 82966

Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram dasturi avvalgi yillarda tashkil etilganlaridan farq qiladi. Bu haqda bayram dasturini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolaridan biri Kun.uz nashriga xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu galgi dastur Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ bosh sahnasida emas, «O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyi»da konsert ko‘rinishida o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, unda xorijiy san'atkorlardan biri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 28 avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Sharq taronalari musiqa festivalining tantanali konsert dasturida ishtirok etgan mahalliy san'atkorlar keyingi katta tadbirda ishtirok etmaydi.

Manbaning ma'lumot berishicha, bu holatda Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonovaning har ikkala konsertda ishtirok etishi istisno sanaladi. Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladigan konsert tashkiliy masalasida estrada xonandalariga katta e'tibor qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: