Taniqli rejissyor Trampni irqchiga aylantirish «missiyasini bajargan» Bennonni «tabrikladi»

Jahon 11:54 / 20.08.2017 3693

Amerikalik taniqli rejissyor Maykl Mur tvitterdagi sahifasida Stiv Bennon Oq uydagi bosh maslahatchi lavozimidan ketganligi sabab xursand ekanini bildirib o‘tdi.

«BENNON KeTDI! Bennon Tramp «irqiy tozalik» tarafdorlarini mustaqil ravishda himoya qila olishini ko‘rganidan so‘ng, o‘ziga aytdi: «Mening ishim yakunlandi. Missiya bajarildi», - deya yozgan u.

Bennon o‘z lavozimini tark etishi mumkin ekani haqidagi mish-mishlar bir hafta avval tarqaldi va u The American Prospect’ga intervyu bergach, yanada kuchaydi.

Unda, iddao etilishicha, prezident Donald Tramp ma'muriyatining sobiq bosh maslahatchisi qator ultra o‘nglarni tanqid qilib, ularni «masxarabozlar» deya atagan.

Maykl Mur esa Trampga nisbatan salbiy munosabati bilan mashhur. Xususan, rejissyor iyun oyida o‘z saytida TrumpiLeaks bo‘limini ochdi hamda Tramp haqida fosh etuvchi ma'lumot yig‘ishni boshladi.

Avvalroq Tramp o‘zining bosh maslahatchalaridan birini bo‘shatishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: