Bashar Asad: Erdo‘g‘an siyosiy tilanchi rolini o‘ynamoqda

Jahon 18:40 / 20.08.2017 19166

Suriya prezidenti Bashar Asadning ma'lum qilishicha, Damashq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni endilikda o‘z sherigi, deb bilmaydi.

U bu haqda Suriya TIV diplomatik xodimlari yig‘ilishida chiqish qilib aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda SANA.

Asadning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashiga oid holatlar paydo bo‘lgach, Erdo‘g‘an «siyosiy tilanchi rolini o‘ynamoqda».

«Shuning uchun Suriya unga ishonmayapti, Turkiya tomonini na sherik, na kafil sifatida qabul qilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Suriya rahbari.

Avvalroq Asad G‘arb Suriyada inqilobni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmagani haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: