Venesuela prezidenti korrupsiyaga aloqadorlikda ayblandi

Jahon 08:57 / 19.08.2017 3920

Shu yilning avgust oyi boshida Venesuela bosh prokurori lavozimidan chetlashtirilgan Luisa Ortega Dias respublika prezidenti Nikolas Maduroni korrupsiya mojarosiga aloqadorlikda aybladi. Diasga ko‘ra, Maduro Braziliyaning Odebrecht kompaniyasi bilan bog‘liq mashmashalarga aloqador. U Meksikaning Puebla shahrida bo‘lib o‘tgan Lotin Amerikasi mamlakatlari bosh prokurorlari uchrashuvida audioaloqa orqali shunday bayonot berdi.

"Ular juda tashvishda, chunki bizda ma'lumot borligini va o‘tkazilgan mablag‘lar, ularning summasi,kimlarga o‘tkazilganiga doir axborotlar mavjudligini bilishadi. Bu surishtiruv janob Nikolas Maduro va uning atrofiga tegishlidir", - degan Ortega Dias. U audioyozuvga havolani Twitter sahifasiga joylashtirdi.

Sobiq bosh prokurorning ta'kidlashicha, uning sobiq hamkasblarining ta'qib qilinishi ham ayni shu ish bilan bog‘liq. Ortega Dias fikricha, bosh prokuraturaning yangi rahbariyati bu ma'lumotlarni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda. 

5 avgust kuni Konstitutsiyaviy assambleya yig‘ilishida Ortega Dias iste'fosi haqida e'lon qilindi. U Nikolas Maduro hukumatiga nisbatan oshkora noroziligini bildirib kelgan edi. Muassasaga inson huquqlari bo‘yicha vakil Tarek Vilyam Saab rahbar etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: