Rio-2016​ olimpiadasidan bir yil o‘tdi. Shahar bugun achinarli holatda

Sport 21:15 / 19.08.2017 37815

Rio-2016 yozgi Olimpiada o‘yinlari boshlanmasdanoq tanqid qilingan edi, ayrim optimistlar esa yirik sport tadbirining o‘tkazilishi shahar infratuzilmasiga ijobiy ta'sir o‘tkazadi, umuman siyosatchilarning bergan va'dalari amalda ishlay boshlashi aniqligiga ishongandi. Ammo bir yil vaqt o‘tib, vaziyat unday bo‘lmaganini isbotlamoqda.

Yaqin o‘tmishda o‘zbekistonlik bokschilar va paralimpiya jamoasining g‘alabasini bir yilligini xotirlar ekanmiz, g‘arbiy yarim sharda vaziyat boshqacha. Bundan uch hafta ilgari shaharga 8,5 ming harbiy ko‘chirilgan bo‘lib, ular uyushgan jinoyatchilik, ko‘cha bezoriligi va to‘polonlarga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan. Mamlakat parlamenti spikeri Rodrigo Mayyaning aytishicha, hukumat jinoyatchilar ustidan to‘liq nazoratni o‘rnata olmayapti.

Ayni voqealarni eng kuchli tahlilchi ham bashorat qila olmagan bo‘lardi, chunki Olimpiada oldidan shahar ma'muriyati "Tinchlantirish" dasturini qabul qilgan bo‘lib, bu keyin ham shahar ko‘chalaridagi jinoyatchilikka qarshi kurashda yaxshi dasturulamal edi. So‘nggi to‘rt yildan beri aholi va politsiya to‘qnashuvida halok bo‘lganlar soni ikki barobar ortdi. Ko‘chalarda gangsterlar otishmasi odatiy vaziyatga aylanib qoldi.

Katta sport o‘yini paytida foydalanilgan bino-inshootlar keyinchalik umumiy foydalanish majmuasiga aylantirish rejalashtirilgan edi. Ammo bu ham bajarilmadi, olimpiada uchun qurilgan 27 binodan shu kungacha 15tasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Eng mashhur Marakana stadioni esa 950 ming AQSh dollari miqdoridagi elektr energiyadan qarzdorligini yopmagani uchun zulmatda qolgan.

Riodagi eng qashshoq tumanlardan birida joylashgan Deodoro Olimpiya bog‘i umuman yopilib ketdi. Tumandagi suv havzalari majmuasi mayda hasharotlar uchun boshpana aylanib ulgurdi. Ma'lumotlarga qaraganda, o‘tkazilgan "tozalash" paytida 200 nafar rahbar mulozim lavozimidan bo‘shatildi. Qachonlardir mashhur bo‘lgan sobiq prezident Luis Ignasiu Lula da Silva 9 yil qamoq jazosiga mahkum etildi.

Olimpiada ochilishi arafasida zika virusidan zararlanish xavfi ortgan, suv havzasida aniqlangan kamchiliklar ancha shov-shuv bo‘lgandi.

 Minglab tomoshabinlar sayr qilgan maydonlar bugun huvillab qolgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: