Hindiston, Nepal va Bangladeshdagi kuchli toshqinlar 500 kishining umrini olib ketdi 

Jahon 10:10 / 19.08.2017 4001

Hindiston, Nepal va Bangladeshda kuzatilayotgan kuchli toshqinlar kamida 500 kishining umrini olib ketdi. Eng ko‘p Shimoliy Hindiston aziyat chekkan, u yerda toshqinlar hududida 16 mln kishi qolmoqda. 15 ga yaqin daryo o‘z sohillaridan chiqib ketgan. 

Yordamga harbiylar jalb qilingan, ular xavfli hududlardan odamlarni evakuatsiya qilmoqdalar. Ko‘plab hududlarda oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilishi bilan muammolar yuzaga kelgan. Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti vaziyatning yomonlashishidan va turli epidemiyalar avj olishidan xavotirlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: