O‘zbekiston MAAda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ochiq muloqot tashkil etildi

O‘zbekiston 14:08 / 18.08.2017 6688

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida “Yoshlarimiz-kelajak poydevori” mavzuida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan Kun.Uz muxbiri xabar bermoqda.

Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, matbaa korxonalari, internet nashrlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga asosiy vazifa etib belgilagan.
Agentlik tizimida ishlayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh kadrlarning umumiy soni hozirda 320 nafarni tashkil etadi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida noshirlik, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan aksariyat yoshlar, mamlakatimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan.

Anjumanda Agentlikda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida ishchi guruh shakllantirish kerakligi, mazkur ishchi guruh tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam berish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan doimiy ravishda takliflar tayyorlab kiritish choralarini ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Ochiq muloqotda Respublikamiz davriy nashrlarida yoshlar mavzularni yoritishning o‘ziga xos jihatlari, Agentlik markaziy apparati, tizimdagi korxona va tashkilotlarda kasaba uyushmalari tomonidan rejalashtirilayotgan tadbirlar hamda markaziy apparat tizimda boshlang‘ich tashkilotlarni tashkil etish, ularni doimiy ravishda rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xodimi Jamshid Nabiyev O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Agentlik qoshida ochilgan boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: