Meyvezer Makgregor jangda oyog‘i bilan zarba beradigan bo‘lsa, qancha mablag‘ni yo‘qotishini aytdi

Sport 10:23 / 17.08.2017 21910

Boks bo‘yicha besh vazn toifasidagi sobiq chempion kichik Floyd Meyvezerning xabar berishicha, UFC’ning yengil vazndagi chempioni Konor Makgregor boks jangi vaqtida oyog‘i bilan zarba beradigan bo‘lsa, o‘z gonorarining juda katta qismidan mahrum bo‘ladi.

«Jarima bo‘ladi, juda katta jarima. U o‘z gonorarining taxminan 90 foizini yo‘qotishni xohlaydi, deb o‘ylamayman. Bu summa qancha ekanini aniq bilmayman, lekin jarima juda katta», - dedi kichik Meyvezer Jimmy Kimmel Live teleshousi efirida.

Bokschining ta'kidlashicha, o‘zi ham shunday zarbalar berish niyatida emas.

Shu bilan birga, kichik Meyvezerning qayd etishicha, Makregor qadning rostlangan holatida juda ham kuchlidir.

UFC prezidenti Dana Uayt iyun oyida Makgregor Meyvezerga oyog‘i yoki tirsagi bilan zarba beradigan bo‘lsa, sud oldida javob berishi haqida aytib o‘tgandi.

Avvalroq Uzreport Meyvezer-MakGregor jangini jonli efirda namoyish etishi xabar berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: