Dembele ultimatum qo‘ydi. Endi uning muammolari yanada ortadi

Sport 15:30 / 17.08.2017 8005

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembele klubiga ultimatum qo‘ydi. U «Barselona»ga transferi amalga oshmaydigan bo‘lsa, Germaniyaga qaytmoqchi emas. Bu haqda Bild xabar tarqatgan. 

20 yoshli futbolchi shu oy boshida nemis klubidagi mashg‘ulotlarga kelmagach, jamoadan chetlatilgan, unga qatta jarima qo‘llangandi.

Futbolchi «Barselona» taklifi rad etilgach, noroziligini shunday ifoda qilgandi.

OAV xabariga ko‘ra, «Borussiya» Dembeleni katalonlar klubiga 130 mln yevroga qo‘yib yuborishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: