MMA jangchisi nokautdan so‘ng shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi

Sport 19:00 / 16.08.2017 24313

Amerikalik aralash janglar (MMA) jangchisi Rondel Klark Massachusets shtati Plimut shahridagi jangda mag‘lub bo‘lgach uch kun o‘tgach vafot etdi. U texnik nokautbilan raqibidan yengilgach, shifoxonaga yotqizilgan edi, deb yozmoqda mmafighting.com.

Havaskor jangchi Klark 12 avgust kuni o‘tkazilgan Rayan Dann bilan o‘tkazgan yakkakurashda imkoniyatni boy bergan, 15 avgustda shifokorlar uning o‘limini qayd etishgan. 

Okrug prokurori Timoti Kruzning bayonot berishicha, ayni vaqtda 26 yoshli sportchining o‘limi munosabati bilan tergov ishi boshlangan. Prokuratura axborotnomasida qayd etilishicha, sud-tibbiy ekspertiza Klarkning o‘limi sababini aniqlaydi. 

Bundan avval amerikancha futbol o‘yinchisi bo‘lgan Klark iyun oyida MMAda ilk jangini g‘alaba bilan boshlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: